Ona yosh edi. Ona navjuvon edi. Bola g’or edi, bola go’dak edi... Kunlarning birida onabola qishloqqa –uzoq qarindoshlarinikiga boradigan bo’lishdi. Ona qaddini g’oz tutib, teztez yurib borar, bola esa alang-jalang qilib atrofdagi manzaralarni tomosha qilar edi.
Qishloq guzarida yarmini yashin uchirib ketgan bahaybat chinor bor ekan. Bola daraxtni ko’rib angrayibqoldi: chinorning tarvaqaylab o’sgan shoxida supradek kattakon uya qorayib ko’rinar, uyada esa oyog’i, tumshug’i uzun bir qush turar edi. Bola mo’jiza ko’rgandek taqqa to’xtab qoldi.
- Anavi nima, oyi?- dedi o’sha tomondan ko’z uzmay.
-Laylak, o’g’lim, laylak!- ona o’g’lining boshini silab qo’ydi. – Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bir oyoqlab turardi. U yana to’xtab qoldi.
-Nima u, oyi? –dedi tag’in chinor uchiga ko’z tikib.
-Laylak, o’g’lim, laylak.
- Nimaga bir oyoqda turibdi?
Ona kuldi:
- Bir oyog’i charchagandir-da. Yura qol, jonim.
Bola hech qachon bunaqa qushni ko’rmagan edi. Qush negadir bo’ynini cho’zib
tumshug’ini osmonga qaratib silkitar, shunda “tarak-tarak” degan ovoz eshitilardi.
Bola tag’in to’xtab qoldi.
- Nima o’zi u, oyi?
Uning ko’zlarida quvonch bor edi. Hayrat bor edi. Ona shoshib turardi. Mingta yumushi
bor edi. Hali shaharga qaytishi kerak.
-Laylak dedim-ku, jinnivoy,- deb ohista egilib, o’g’lining yuzidan o’pdi. – Senga salom
beryapti-da.
Ona yosh edi. Ona navjuvon edi.
... Oradan o’ttiz besh yil o’tdi. Bola yigit bo’ldi. Ona keksayib qoldi. Oyog’idan mador,ko’zidan nur ketdi.
Kunlardan birida ona-bola ittifoqo yana o’sha qishloqqa borib qoldilar. Yigit qaddini g’oz tutib tez-tez yurib borar, ona esa toliqqan oyoqlarini, og’ir-og’ir ko’tarib bosgancha harsillab kelardi. Guzardagi yarmini yashin uchirib ketgan chinor hali ham bor ekan. Buni qarangki, chinorning tarvaqaylab o’sgan shoxida hamon supradek kattakon uya qorayib ko’rinar, uyada esa oyog’I, tumshug’i uzun laylak turardi. Yigit laylakka bir qarab qo’ydiyu
qadamini tezlatdi.
Orqada kelayotgan ona nursizlanib qolgan ko’zlarini chinorga, chinor shoxida qorayib turgan uyaga tikdi. Shoxda osilib turgan narsa ko’ziga g’alati ko’rindi.
- Anavi nima, o’g’lim? – dedi to’xtab.
-Laylak, oyi, laylak!
Ona yaxshi eshitmadi. Uch-to’rt qadam yurib yana to’xtab qoldi. Savatdek narsa ichida bir nima oqarib ko’rinyapti. Qiziq...
-Nima, o’g’lim? – dedi ko’zlarini pirpiratib. O’gil taqqa to’xtadi. G’ashi keldi. O’zi shoshib
turibdi: mingta ishi bor! Odam qariganidan keyin ezma bo’lib qolarkan-da!
-Laylak! –dedi jerkib. –Laylak deyapman-ku, karmisiz!
Shunday dedi-yu, jahl bilan tez-tez yurib ketdi. Nachora, yigit yosh, yigit navqiron. Uning yumushi ko’p. Hali shaharga qaytishi kerak… Uning g’or, go’dak bolalari bor…
O'tkir Hoshimov
Wednesday, 21 December 2011
Sunday, 18 December 2011
Yolg'izlik
Iqbolxon qay ahvolda uyga yetib kelganini bilmadi. Safarga jo‘nash oldidagi dilxiralik u bilan birga borib, birga qaytdi. Zinadan ohista, charchoq qadamlar bilan ikkinchi qavatga chiqdi-da, xayol parishonlik bilan qo‘ng‘iroq tugmasini bosdi. Keyin plashini shaldiratib yechib, yonidagi chamadon ustiga buklab tashladi. Eshik qirg‘og‘iga suyanganicha kuta boshladi. Ha, aytmoqchi, o‘g‘il uyda hozir nima qilsin, darsdaku. Shu payt qarshidagi uyning eshigi sharaqlab ochilib, o‘rta yoshlardagi ayolning boshi ko‘rindi.
— Iqbol Azizovna, sizmisiz? Hozir keldingizmi? To‘lqin kalitni menga tashlab ketgan edi. Hozir. — U eshikni qiya qoddirganicha shippagini sudrab ichkariga kirib ketdi. Bir nafasdan keyin kalit olib chiqdi.
— Bugun kelsa kerak, deb aytayotgan edi To‘lqin. — Qiynalmay yaxshi o‘tirdimi?
— Yo‘q, yo‘q, xabar olib turdim. Kecha darsdan kelib, rosa uy tozaladi. Ajoyib o‘g‘lingiz bor-da, Iqbol Azizovna. Qani endi, qizim bo‘lsa-yu, o‘zim kuyov qilsam.
Avvallari bunday maqtovdan Iqbolxonning og‘zi qulog‘igacha yoyilardi. Hozir esa qoshlari chimirilib lablari qimtildi. O‘sha g‘ashlik diliga yana changal urdi. Indamaygina eshikni ochdi. Uyning tashqarisiga xam, ichkarisiga ham oyoq artish uchun ho‘llangan latta tashlangan edi. Iqbolxon avvalgiday qunt bilan emas, hafsalasizlik bilan tuflisini bir-ikki surtgan bo‘ldi-da, ichkariga kirdi. Uy chindan ham lochinday bir ayolning ko‘li tekkanga o‘xshar, biron joyda ortiqcha narsa, biron yuvuqsiz idish yo‘q edi. Iqbolxonning ish stolidagi kichkina mitti guldonda sovuqdan ochilmay qolgan atirgulning ikki dona g‘unchasi turardi. Iqbolxon uni asta ko‘tarib, burni oldiga olib bordi. Hidi yo‘q. Oftob ko‘rmagan. Birdaniga bu ikki g‘unchaning biri o‘zi, biri o‘g‘li bo‘lib ko‘rindi-yu, yuragi uvishib ketdi. Hidsiz, tarovatsiz, huddi ularga o‘xshash, ikkisi ham sokin turishibdi. Ona-bola keyingi vaqtda ana shunday jimjit o‘tirishadigan bo‘lib qolishgan. Iqbolxon chuqur xo‘rsindi, guldonni joyiga qo‘yib, boshqa uyga o‘tdi. Hech qaerda g‘ubor ko‘rinmaydi. Stol ustida termos, sochiq yopilgan idishda yumshoqqina ikkita bulochka. Boshqa idishda murabbo. Ikki enlik qog‘ozda xat: «Oyijon, sizni kelib qolar, deb termosga choy damlab qo‘ydim. Oshxonada ovqat ham bor. Boshqa narsalar xolodilnikda».
Iqbolxon xatni avvalgidek ko‘ziga surtib, o‘pmadi. Endi bu shirin so‘zlarning ostida boshqa bir iztirob, boshqa bir majruhlik yotganini yaxshi bilardi. U o‘zi-ning qanchalik gunohkorligini, umri ham havasga arzigulik o‘tmaganligini yaqindagina safarga jo‘nash oldidan o‘g‘li bilan bo‘lib o‘tgan achchiq suhbatdan bilib qoldi. Bu suhbat avval kichkina oynachadek Iqbolxonning bir qismini aks ettirdi. U chuqurroq o‘ylagan sayin bu oyna kattalashar, uning butun qiyofasini, butun umrini aks etgarar edi.
Mana, hozir ham qarshisida o‘sha oyna paydo bo‘ldi. U termosdagi choydan bir piyola quyganicha, hovuriga tikilib, o‘sha oynada ko‘rinayotgan xotiralar qarshisida bosh egib, gunohkorona o‘tirardi.
Iqbolxon to‘satdan Moskvada bo‘ladigan olimlarning yig‘ilishiga jo‘naydigan bo‘lib qoldi. Yo‘l taraddudini ko‘rgandan keyin ona-bola o‘tirishib, ovqatlanishdi. O‘g‘lining yolg‘iz qolishini o‘ylagan ona qalbiga kelin orzusi tushdi. Uchinchi kursda o‘qiydigan bir qiz bilan o‘g‘lining munosabati borligini eshitgan edi. Lekin To‘lqin bu haqda onasiga sira gapirmas, gap aylanganda ham indamay o‘rnidan turib ketardi. Iqbolxon shuni o‘yladi-yu, o‘smoqchiladi: — Yaxshigina qizlardan bo‘lsa, uylantirib qo‘ysam, ko‘nglim ancha tinchirdi sendan. To‘lqinning yuzi birdan jiddiylashdi.
— Bizning uyga odam sig‘adimi?
— Nima? To‘lqin, nimalar deyapsan? Onang odam emasmi?!
To‘lqin o‘zini bosishga urinib, o‘rnidan turdi. Onasi oldidagi kosani ola turib, zaharxandalik bilan jilmaydi.
— Bu uyda hamma narsa sizning ko‘nglingizga bo‘ysunishi kerak. Men bolangiz ekanman, chidayapman.
— Nimaga chidayapsan? Senga nima zulm o‘tkazyapman, ahmoq? — Iqbolxonning a’zoyi badani titrar, suyukli o‘g‘lining og‘zidan chiqqan 6u gaplar butun vujudiga o‘t yoqqan edi. To‘lqin indamay oshxonaga chiqib ketdi. Iqbolxon harsillab uning ketidan kirdi.
— Nega indamaysan? Javob ber deyapman senga?!
— Baribir tushunmaysiz.
— Nimani tushunmayman?
— Oyijon, men bola bo‘lib, uyingizda sho‘xlik qilib, o‘z xohishimcha o‘ynaganimni bilmayman. Haddim sig‘ib, bironta o‘rtog‘imni 6u uyga olib kirolgan emasman. Eshik orqasida tuflimni yechib qo‘limga olib, undan keyin uyga qadam bosaman. Qo‘limdan stolga to‘kilgan non uvog‘iga xam bezovtalanib qaraysiz. Axir hamma narsa ham evi bilan-da.
— Voy tentag-ey, onangning uy tozalashga vaqti yo‘qligini bilasan. O‘zingga oson bo‘lsin, deyman. Axlat boshingga chiqsa, yaxshimidi?
— Mayli, ivirsisa, tozalayman. O‘rtoqlarimnikiga boraman. Ovqat yeymiz, o‘yinga tushamiz, chekamiz. Uy, albatta, to‘polon bo‘ladi. Yana aylanib borganimizda hammasi sarishta.
— Onasining boshqa ishi yo‘kdir.
— Nega yo‘q bo‘lar ekan, ishlaydi. Baribir tushunmaysiz, oyijon. Uy odamga nima uchun kerak... — Ivirsitish uchunmi?
— Shunaqa payti ham. bo‘ladi-da. Odam kirmasa, qisilib o‘tirib ovqat yesang, ehtiyot bo‘lib yursang... Qo‘ying, oyijon, baribir tushunmaysiz.
— Sen juda tushunib qolibsan.
— Bolangizning o‘yinchoqlarini yig‘ishtirmasangiz, eringizning ivirsig‘ini tozalamasangiz... Axir bu qanaqa uy?! Iqbolxon indayolmay qoldi. Jahl bilan kiyinib, chamadonini ko‘tardi. To‘lqin shoshib kiyindi-da, eshikni qulflab, onasi ketidan yugurdi. Iqbolxon taksi kutardi. To‘lqin uning qo‘lidan chamadonni oldi. To aeroportga borguncha ham ikkisidan sado chiqmadi. Samolyotga chiqish oldidangina Iqbolxon o‘g‘lini o‘pib:
— Ehtiyot bo‘lib o‘tir, — deb tayinladi.
Yo‘lda ham, majlislarda ham, ko‘chada ham bu suhbat uning xayolidan ko‘tarilmas, o‘tgan umriga sinchiklab aql bilangina emas, ruhan yetuk yurak bilan qarashga undardi. «Bolangizning o‘yinchog‘ini yig‘ishtirmasangiz, eringizning ivirsig‘ini tozalamasangiz...» Bu ikki jumla Iqbolxonning qulog‘idan ketmas, har eshitilganda vujudi azobdan seskanar, o‘zi tan olishga qo‘rqib, qalbiga ko‘mib yuborgan bu ta’na toshi.unga o‘zi kutgandan ko‘ra dahshat bilan urilgan edi.
Iqbolxon aspiranturada o‘qiyotgan vaqtida turmushga chikdi. Eri Yo‘ldoshali ham aspirant edi. Oradan bir yil o‘tar-o‘tmas To‘lqin tug‘ildi. Yo‘ldoshali dissertatsiyasini yoqlab oldi, ammo Iqbolxonniki cho‘zilib ketdi. Uning tuni ham, kuni ham o‘g‘liga band edi. U kallasidagi gaplarni qog‘ozga tushirishga vaqt topolmay yurganida, Yo‘ldoshali yarim kechagacha gazeta, kitob titib o‘tirar, kechasi chala-yarim uxlagan Iqbolxon ertalab eriga nonushta tayyorlaganida Yo‘ldoshali bamaylixotir soqolini olib, atir hidini burqsitib, stolga kelib o‘tirardi.
Hammadan ham ilmiy ishining orqaga surilib ketayotganligi Iqbolxonning asabini buzar, ba’zan qahrini eriga sochib qolardi. Buni Yo‘ldoshali tushunardi. Lekin xotiniga qanday yordam berishni bilmasdi. Kechasi o‘g‘li yig‘lasa, Iqbolxondan avval turib qo‘liga olar, uyning u boshidan bu boshiga qancha yurmasin, bola tinchimas, hatto do‘rillagan ovozi bilan alla ham aytib ko‘rar, lekin chaqaloq big‘illagani big‘illagan edi. Oxir Iqbolxonning o‘zi zarda bilan turib kelib, bolani qo‘liga olardi. Yo‘ldoshali nima qilishini bilmay, ona-bola oldida serrayib turardi. Tagi quruqlangan chaqaloq pishillab uxlagandan keyin Iqbolxonning yuziga mayin tabassum yoyilardi. Yo‘ldoshali bo‘lsa xotirjam borib, o‘rniga yotardi...
To‘lqin yoshiga to‘lganida yasliga berishdi. Iqbolxon qolib ketgan ishini iziga tushirib olguncha ancha qiynaldi. Lekin tish-tirnog‘i bilan yopishdi. Bir yil o‘tgach, dissertatsiyasini himoya qilib oldi. Uyiga mehmon to‘ldi. Do‘stlari uning sha’niga qadah ko‘tarishdi. Domlalari Iqbolxonning ishidan mamnun bo‘lishdi. U endi institutda dars berardi. To‘lqinning ham unga og‘iri tegmaydigan bo‘lib qolgan. Yaslidan olib kelib ovqatlantirib qo‘ysa, uyning bir burchagida o‘yinchog‘ini o‘ynab o‘tiraveradi. Iqbolxon darsdan kela solib, uy yumushlariga unnab ketar, kechasi o‘g‘lini uxlatib qo‘yib, darsga tayyorlanar edi. Bu vaqtda Yo‘ldoshalining doktorlik ishi oxirlashib qolayozgan edi. Iqbolxon unga ham havas, ham hasad bilan qarardi. Bir vaqtlar o‘zi bilan teppa-teng bo‘lgan eri, mana, yaqinda doktor bo‘ladi. Iqbolxonning bo‘lsa ro‘zg‘or, bolasidan ortgan ozgina vaqti darsga tayyorlanishga zo‘rg‘a yetardi. Buni o‘ylagan kezlarida ko‘ziga uyi uni domiga tortayotgan ajdahodek sovuq ko‘rinib ketar, kichkina yumush ham malol kelardi.
Bir kuni Yo‘ldoshali allamahalgacha o‘tirib ishladi. Iqbolxon endi yotaman deb turganda choy so‘rab qoldi. U choy olib kirganida kabinet tutunga to‘lib ketgan, Yo‘ddoshali bo‘lsa boshini ko‘tarmay ishlardi. Iqbolxon fortochkani ochib qo‘yib, indamay chiqib ketdi. Lekin ko‘nglidan, shundoq gazga qo‘ysa qaynaydi-ku, buncha noshud bo‘lmasa bu erkaklar. Fortochkani ochib qo‘yish ham qo‘lidan kelmasmikin, devorlargacha hid o‘rnashib qoladi, bolani ham ayamaydi, degan fikr o‘tdi.
Yo‘ldoshali ertalab shoshilibgina kiyindi. Choyni ham tikka turib ichdi.
— Toza ro‘molcha bormi?
O‘g‘lini kiyintirayotgan Iqbolxonning fig‘oni falakka chiqib ketdi.
— Juda ham taltayib ketdingiz. Axir men ham sizga o‘xshagan odamman.
— Men nima qildim?
— Ro‘molchani ham o‘zingiz ololmaysizmi?
— Tuflim bilan kirmay deyapman.
— Boshqa vaqtda ham shusiz. Insofingiz yo‘q sira.
— Nima qilishim kerak?
Erining bu gapi Iqbolxonga juda sovuq eshitildi.
— Meni o‘ylaysizmi? Shu ham odam, buning ham ishi bor, ishlashi kerak, deb o‘ylaysizmi?
— Nima qilay bundan ortiq? Sizning o‘rningizga o‘tib turolmayman-ku, axir! — u shunday dedi-yu, shoshib chiqib ketdi. Bu gaplar Ikbolxonga shu qadar sovuq, shu qadar dahshatli eshitildiki, kechagacha qulog‘i ostidan ketmadi. Bu gaplar bilan oralaridagi butun iliq munosabat tamom bo‘lganday edi. Ug‘lini har kungidek erkalamadi. Go‘yo u hammasiga aybdordek siltab-siltab yasliga olib ketdi. Ishda ham ochilmadi. Kayfi buzuq, hayol parishonlik bilan kunni o‘tkazdi. Nima uchun yashashi kerak bu odam bilan? Kuni o‘tmay qoladimi? Bittagina bolasini guldek qilib boqib oladi. Dissertatsiya himoya qilganda qancha iliq-issiq gaplar eshitdi. Mehnati yuzaga chiqdi, obro‘ orttirdi. Uyning yumushi-chi? Hech kim min-natdor bo‘lmaydi. Aqalli xafa bo‘lmang, endi qanday qilamiz, deb ham qo‘ymadi. Sizning o‘rningizga o‘tib turolmayman, emish. U kishi yaqinda doktor bo‘ladi. Bu-runlari ko‘tarilyapti. Ha, pisand qilmay boshlayotgani bu!
Iqbolxon uyiga kelganida ham kallasida shunday gaplar aylanib yurardi. Kechki ovqatga unnamadi. O‘g‘liga yarasha ovqat qilib yedirdi-da, o‘zi ish stoliga o‘tirdi. U ham doktorlik ishini boshlaydi. Ha, ha, boshlaydi. Eriga ko‘rsatadi o‘zining kimligini. Shu uy bo‘lmasa, nimaga qodirligini ko‘rsatadi.
Yo‘ldoshali kelganida oshxonada har kungidek jaz-biz yo‘q, uy jimjit, xotini mukkasidan tushib ishlab o‘tirardi. Ertalab jahl ustida o‘zining qo‘pollik qilib yuborganini o‘shandayoq sezgan, o‘zi pushaymon edi. U yechinmasdan xotinining yoniga bordi, bir qo‘lini uning yelkasiga qo‘yib, ikkinchi qo‘li bilan stolga tiralganicha yozayotganiga bir nafas tikilib turdi. U shu bilan xotinidan kechirim so‘rayotgan edi. Iqbolxon buni sezdi. Lekin ertalabki sovuq gapning yuragida qolgan muzi qimirlamadi. U eriga qaramadi, indamay ishini qilaverdi. Yo‘ldoshali yechinib, yuvinib kirdi. Keyin oshxonaga o‘tib, u yoq-bu yoqni qaradi. Choy qo‘ydi. Qorni juda och edi. Xolodilnikni ochib, go‘sht oldi. Piyoz to‘g‘radi. Keyin yana uyga kirdi.
— Turing, ikkalamiz birgalashib bitta ovqat qilaylik. Siz konsultatsiya berib turasiz...
— Menga ovqat ham, uy ham kerak emas.
— Qo‘ying endi shu gaplarni.
— Boshqa xotin oling. Uyda o‘tiradigan, ha, uyda o‘tiradiganini oling. Ana shunda har kim o‘z o‘rnida turadi.
— Iqbolxon...
— To‘ymay qolgan qornim bormi?
— Axir qorin uchun yashamaydilar...
— Ter hidi bijg‘igan ko‘ylagingizni yuvmasam, yuvmabman.
Yo‘ldoshalining qovog‘i tushdi-yu, indamay qoldi. To‘g‘ralgan go‘sht, piyoz o‘shandoq qolaverdi. Yo‘ldoshali kiyindi. Papiros chekib, bir nafas tikka turdi-da, chiqib keta boshladi.
— Men siz bilan turmayman, turishni istamayman, — dedi uning ketidan Iqbolxon. Io‘ldoshali eshitdi. Eshitdi-yu, qo‘lini eshik tutqichidan olmay bir nafas turib qoldi. Eshikning yopilgani eshitildi. Zinadan tush-an sayin uning qadam tovushlari olislashib, keyin jimidi. Iqbolxon o‘rnidan turmadi, derazadan uning qaysi tomonga ketganini ko‘rmadi ham. Kechiring meni, sizni bilmay xafa qildim, desa tiliga tirsak chiqarmidi? Sovuq gapni aytish mumkinu uzr so‘rash shunchalik qiyinmi? Shu ahvolda yashab nima qiladi bu odam bilan? Iqbolxonning qarori qat’iy edi.
Yo‘ldoshali kechasi qaytdi. U shirakayf edi. Iqbolxon yana indamadi. O‘shanda shu uch xonalik uyni olishganiga hech qancha bo‘lmagan edi. Iqbolxon internatda o‘sgan, hech kimi yo‘q. Yo‘ldoshali esa Surxondaryoning bir qishlog‘idan bo‘lib, Toshkentga o‘qishga kelgan, uylanib, shu yerda qolib ketgan edi. Ikkalasining ham boradigan joyi yo‘q. Iqbolxon qarorini o‘zgartirolmadi. Ertalab ikkalalaridan biri uy topib chiqib ketishlari kerakligini aytdi. Io‘ldoshalining rangi oqarib ketdi. Lekin indamadi.
— Siz bola bilan qiynalmang bo‘lmasa. Men, har qalay, erkak kishi... Hech bo‘lmasa, To‘lqinni o‘ylasangiz bo‘lar edi. — Sizning bor-yo‘qligingizdan nima foyda unga?
— Nahotki... Yengiltaklik qilyapsiz, Iqbolxon.
Iqbolxon yuragi torlik qilib chimirildi:
— Bilasiz-ku, biz yosh bolalar emasmiz. Yengiltak bo‘lsam ham har qalay, o‘ylayotgandirman.
— Shunaqami?
— Ha, shunaqa.
U chiqib ketdi. Iqbolxonning yuragi jizillamadi. Erining kafedrada yotib yurganini eshitdi, do‘stlar o‘rtaga tushishdi, lekin ko‘nmadi. Uning hayoli endi dok-torlik dissertatsiyasi bilan band edi.
Doktor ham bo‘ldi, pul ham, obro‘ ham topdi. O‘g‘li ham o‘sib, katta yigit bo‘lib qoldi. Lekin yillar o‘tgan sayin nimadir yuragini ezar, bu yolg‘izlik, yakkalik eka-nini tan olishga qo‘rqardi. Yo‘ldoshali uylanib, bola-chaqalik bo‘lib ketdi. Iqbolxon kirini birovga yuvdirdi, uyini birovga tozalatdi. Butun vaqtini, umrini ilmiy ishga berdi. Uzoq yillargacha o‘zining hatti-harakatini o‘zi ma’qullab yurdi. Lekin endi-chi? Endi hamma-sini tushundi-yu, befoyda, umr o‘tdi. U uy, oila tashvi-shiga chidamaganligini ham, Yo‘ldoshalining yomon odam emasligini ham endi tushunardi. Lekin qalbida kechgan hislarni o‘g‘lidan yashirar, onasini shunchalik muhokama qilishga aqli yetib qolganligini bilmasdi. To‘lqin o‘zi kamgap bo‘lib o‘sdi. Buni Iqbolxon goh otasiga tortdi desa, goh yolg‘izligidan deb bilar, ba’zan Yo‘ldoshalinikiga borib turganligidan ko‘rar, har qalay, o‘g‘il bola-da, otasi bilan bo‘lgisi keladi, balki boshqa bolalaridan rashk qilarmikin, deb o‘ylardi.
«... Bolangizning o‘yinchog‘ini yig‘ishtirmasangiz, eringizning ivirsig‘ini tozalamasangiz...» Iqbolxonning yuragiga bir narsa sanchilgandek bo‘ldi. Bu gap uning qalbida o‘zi sezmay yotgan dardlarini ham yuzaga olib chiqqandi. U xo‘rsinib, o‘rnidan turdi. Piyoladagi choy allaqachon sovib qolgan edi. Hozir u o‘sha papiros ezg‘ilanib yotgan kuldonni ham, joniga tekkan vaqtini olgan o‘sha ro‘zg‘or tashvishlarini ham juda-juda qo‘msardi. Uning yuragidagi 6u ehtiyoj ko‘z yoshlariga aylanib, yuzidan oqdi. Bu irodali ayolning umrida birinchi o‘kinib yig‘lashi edi. Ana shu ehtiyoj — bekalik mashakqati, bekalik baxti qiz bo‘lib tug‘ilganida u bilan birga tug‘ilganligini endi yaxshi bilardi. U bir tomonlama baxt topdi. Mukammal baxt uchun esa oila va bir-birining tashvishi bo‘lishi kerak edi. Eshik ochildi. To‘lqin engashganicha tuflisining ipini bo‘shatardi.
— Kiraver, kiraversang-chi, o‘g‘lim!
— Hozir, oyijon! — onasini hamma vaqt ish ustida, jiddiy ko‘rishga o‘rganib qolgan To‘lqin uning yig‘layotganini ko‘rib, qo‘rqib ketdi.
— Nima bo‘ldi? Birov xafa qildimi?
Iqbolxonning battar xo‘rligi keldi. O‘g‘lini bag‘riga bosdi.
— Hech kim xafa qilgani yo‘q. O‘zim. Seni sog‘indim. Uylan, o‘g‘lim, bolalaringni boqaman. Boshimga qo‘yib, jon deb boqaman, onangni juda bag‘ritosh dema, qo‘rqma, o‘g‘lim. O‘yinchoqlar olib kelaman, shirin-shirin ovqatlar pishirib beraman, bog‘chaga, muzika maktabiga olib boraman bolangni. Uylan, jon o‘g‘lim.
To‘lqin 6u ahvoldan juda dovdirab qolgan edi. O‘zining gapi onasiga og‘ir botganligini o‘ylab, afsuslanar, yuzlariga tegayotgan, tagidan oqi ko‘rinib turgan siyrak, qizg‘ish sochlarini silar, hadeb:
— Oyijon, xo‘p, faqat yig‘lamang, — deyardi. Iqbolxon yuragidagi bo‘shliqni, butun umridagi bo‘shliqni to‘ldirib turgan yakkayu yagona baxtiga suyanib, ana shu vujudning nafasidan o‘zining yo‘qotgan ayollik, onalik mashaqqatini qidirardi.
Saida Zunnunova

Dadam aytib bergan dahshatli hodisa
Urushdan keyingi yillarni es-es bilaman. Onam arpa non yopgan kuni uyda bayram bo‘lib ketar edi. Ota-onamiz, non - tabarruk, deb qayta-qayta qulog‘imizga quyishgani uchunmi, keyinchalik zamon to‘kinchilik bo‘lib ketganidan keyin ham bolaligimda o‘rgangan bir odatni hech tark etolmadim. Yerda non burdasi yotgan bo‘lsa, ehtiyotlab ko‘tarib olasiz. Avval uch marta o‘pasiz, peshanangizga bosasiz, keyin ozodaroq joyga olib qo‘yasiz. Nima bu? Shunchaki bosh-ketining tayini yo‘q, asossiz e'tiqodmi? Yo mavhum aqidami? Shoshmang, bu so‘roqlarga javob izlashga shoshilmaylik.
...O'sha, og‘ir yillar edi. Hali maktabga qatnamasdim. Qirq yamoq bo‘lib ketgan dasturxonni o‘rtaga qo‘yib, nonushta qilib o‘tirardik. O'sha kuni onam arpa non yopgan, ya'ni uyimizda bayram edi. Bir mahal dadam jerkib qoldi:
- Nimaga nonni teskari qo‘yasan?
Qarasam, dadam menga gapiryapti. Damim ichimga tushib ketdi. U - biz bolalarni hech qachon urib-so‘kmas, ammo hammamiz dadamdan qattiq hayiqar edik.
- Ko‘zing bormi! - dedi u yanayam zardaliroq ohangda. - Nega nonni teskari qo‘yding?
Dasturxonga qaradim. Hozirgina o‘zim tishlagan non burdasini to‘nkarib qo‘ygan ekanman. Shosha-pisha o‘ngini ag‘dardim.
- Bilmagan-da, adasi, - dedi onam odatdagidek yupatib. - Endi unaqa qilmaydi...
Dadam indamadi. Biroq anchagacha qovog‘ini solib o‘tirdi. Ertasimi-indinimi, bostirmada arra qayradi. Men arrani bosib turdim. Dadam egov bilan zanglab ketgan arraning tishlarini charxlarkan, dahshatli voqeani gapirib berdi. Hozir bu hodisani so‘zma-so‘z aytib berolmayman.
O'ttiz uchinchi yili (dadamning aytishicha katta akam tug‘ilmasidan avvalroq) yomon ocharchilik bo‘pti. Bahor ekan. Dadam Parkat tomonda turadigan («Parkat» Parkent ekanini keyin tushunganman) o‘rtog‘inikiga boribdi. U tog‘larda ocharchilik shahardagidan battar ekan. Odamlar ravoch, ismaloq izlab, tog‘-toshlarni kezib yurganini ko‘ribdi. Shular orasida sen tengi (dadam «sen tengi» degani esimda qolgan, demak, u olti yoshlarda bo‘ladi) bolasi bilan bir odam ham ismaloq izlab chiqqan ekan. Bola nuqul bir gapni qaytarib yig‘larmish. «Non», «non», «non!» Otasi tajang bo‘lib «o‘chir ovozingni!» dermish. Bola bo‘lsa jim bo‘lish o‘rniga battar baqirarmish «Non!» Non bering, non!» dermish. Shunda boyagi odam «o‘chir ovozingni, badbaxt!» deb musht o‘qtalgan ekan, bola otasidan qochaman deb orqasiga qalqib ketibdi. Aksiga olib, nariroqda tarvuzdek tosh yotgan ekan. Bola sho‘rlik orqaga tisarilib boshi bilan toshga urilibdi-yu tipirlab jon beribdi. Odamlar, «nima qilding, yaramas, bolani o‘ldirding-ku!» desa boyagi odam boshiga mushtlab yig‘labdi, bolasini quchoqlab dod solibdi. «O'ldiringlar, meniyam o‘ldiringlar, qaytaga yaxshi bo‘ldi, bolam bu azoblardan qutuldi, uch kun oldin onasi ochlikdan o‘lgan edi, qabristonga oborishiga odam topolmay hovlimga ko‘mgandik», depti.
Bilmadim, ehtimol bu hodisaga ko‘pchilik ishonmas. Ammo bir narsa aniq: dadam hech qachon yolg‘on gapirmagan... Tepki zarbidan qirralari silliqlanib ketgan, qora tuproqqa belangan nonni ko‘tarib borarkanman, beixtiyor shu hodisani esladim. Keyin Leningraddagi Piskaryov qabristonidagi voqea yodimga tushdi.
Ushbu qabristonda qamal paytida ochlikdan o‘lgan marhumlar yotadi. Bu yerda oq marmar, qora marmar, ko‘k marmardan o‘rnatilgan xotira toshlari oz emas. Qabristonni aylanib yurib, soch-soqoli oqarib ketgan keksa kishi bilan yoshi bir joyga borib qolgan ayolga ko‘zim tushdi. Bu qabristonda ziyoratchilar ko‘p bo‘ladi. Biroq aynan shu odamlar esimda qolganining boisi bor. Ular hech qanday dabdabali marmartosh o‘rnatilmagan jajji qabr boshidagi pastak yog‘och harrakda jimgina o‘tirishar, qabr ustida esa... bir burda non bo‘lagi yotar edi. Hayron qoldim.
Chol-kampir bilan salomlashdik. Qabr ustida nima uchun non yotganini so‘radim. Shunda chol-kampir alamli voqeani aytib berishdi.
Qamalda ochlikdan o‘lgan marhumlarni yig‘ib olish uchun ham, ko‘mish uchun kuch ham qolmagan. Mana shu chol-kampir (o‘sha paytda yosh bo‘lishgan) yetti yashar qizchalarini yetaklab ketishayotganda, qizcha qor bosgan ko‘cha o‘rtasida o‘lib yotgan odamning qo‘lida mahkam changallab yotgan nonni ko‘rib qolgan. Bola - baribir bola-da! Nonni ko‘rib o‘sha tomonga yugurgan. Ota-onasi uni tutib qolisholmagan. Qizcha ayni nonga yetib borganida dushman otgan snaryad yorilganu...
...Urush bitdi. ...O'shandan buyon ota-ona bir burda non uchun qurbon bo‘lgan qizchaning qabriga har kuni bir burda non olib kelishadi... Bir burda non...
Inson bolasi xotirasiz yashay olmaydi. Ayniqsa, mushkul damlar odamzodning esida uzoq saqlanib qoladi. Qamalda bo‘lgan odamlar hali ham o‘sha damlarni yaxshi eslashadi. To‘qqiz yuz kun davom etgan qamal... Non o‘rniga yelim qaynatib yegan odamlar... Yaqin kishilarining ochlikdan sillasi qurib o‘layotganini kuzatgan, oxiri o‘zi ham vafot etgan qizcha Tanyaning kundaligi. Qirq ikkinchi yilning yanvar-fevral oylarida bir shaharning o‘zida ochlikdan halok bo‘lgan 200 ming kishi... Urush bo‘layotgan joylardan keltirilgan 240 ming yetim bolaga o‘zi yeb turgan nonni yegizgan o‘zbek xalqining mislsiz saxovati... bu kunlarni unutib bo‘larmikin? Donishmand xalq «Eski chorig‘ingni unutma», degani bejiz emasdir...

Saturday, 17 December 2011
Шукрли инсон бахтлидир
Мусо алайҳиссалом сўрадилар: «Эй раббим, одамзод сенга қандай шукр қилади?
»Аллоҳ деди: «Неъматни мендан деб билса, ўша унинг қилган шукридир»
Ҳадис
Адл қоматимиз, соғлом ҳаракатларимиз, истарали кўринишимиз билан кўчаларни тўлдириб, атрофдагиларнинг ҳавасини келтириб ўтиб борамиз. Кўнглимизга ғурур тўлади: «Нафсиламрини айтганда, анча-мунча одамдан кўринишим текис менинг!» деб қўямиз ва атрофга тепадан пастга қарагандай назар соламиз! Мана шу туриш Ҳақни унутишнинг бир кўринишидир!
Хўш, сиз бу тўкис суратингизни ўзингиз чизиб олдингизми? Бу қоматларни ўзингиз бино этдингизми? Бу мукофот сизнинг чекингизга Аллоҳнинг муруввати билан тушиб турибди-ку! Ва бу сазоворлик эвазига сиз нима қайтардингиз? Ҳеч йўқ астойдил раҳмат айтдингизми? Талай нотўғри жиҳатларингиз борлигини ўзингиз билиб турасиз, бу туҳфаларга муносибманми ё йўқ дея, ўз мағзингизни бир баҳолаб кўрдингизми? Агар ўзингизни тафтиш эта билганингизда эди, Яратганга йиғлаб юриб, тинмай шукроналар айтган бўлардингиз, менга берган ҳадяларингга мени муносиб айлагин деб илтижо қилардингиз. Сиз каби чирой-чимматлари бўлмаса-да, не-не гўзал ишлар ирод этаётган кишиларнинг олдида хижолат чекардингиз, феълу атворингизни ростлашга тушардингиз. Шукронали кишининг қиёфаси шундай бўлур, биродар!
Сизнинг ихтирочи миянгизни, номингизни машҳур қилган қаламингизни, мансабдорлик курсингизни ёки ҳофизи асиллигингизни берган Аллоҳдир. Ўзингизга айтилган ҳамма офаринларни Унга йўлламоғингиз, бу истеъдод Яратганнинг сизга имтиҳон учун берилган омонати эканлигини ҳар дақиқада ҳис этмоғингиз ва Ўзи истаган вақтда сизни бу неъматдан махрум этиши мумкинлигига иқрор бўлиб турмоғингиз даркор! Ана ўшанда кибрдан нари юрасиз, харомдан ҳазар қиласиз. Аллоҳ берган истеъдод, қўлу оёқ, кўзу тил, дилни беҳудага исроф қилишдан тийиласиз!
Ҳикоя қилишларича, машҳур Эйнштейн худони тан олмас экан. Ҳасталанган олимнинг аҳволи оғирлашиб, жон таслим қиладиган вақти етибди. Аммо ҳадеганда жони узила қолмасмиш. Унинг қийналишидан атрофидагилар ҳам қайғуга тушибдилар. Ва ниҳоят бир дўсти унга: «Бу вазият Аллоҳдан. Уни тан ол, нимага эришган бўлсам, Сен туфайлидир, мендаги ҳамма имконларни берувчи Ўзинг, жон аччиғидан ҳам Ўзинг халос қил деб сўра»,- дебди. Бемор иқрор бўлиб, шу сўзларни айтиб бўлишига жони танидан узилган экан...
Ҳамма нарсани Аллоҳдан деб билувчи одам атрофга меҳр ва ихлос билан қарайди. «Яратганнинг неъмати» дея ҳеч нарсани исроф ва пайҳон қилмайди. «Аллоҳнинг бандаси» дея, кишига озор бермайди, уни камситмайди. Бировнинг молини ўғирламайди, чунки ўша бировга бу молни бергувчи ҳам Яратганнинг Ўзидир, бандани тунаш Аллоҳни тунашдай гап! У билан Ўзи ҳисоблашади!
Дейлик яна, сен бир солиҳ кишини ўзингга рақиб сайлаб, дилини ноҳақ сўзлар билан устма-уст яраладинг. У бечора дил оғриғи билан овора бўлиб, сени қарғагани ҳам йўқ. Аммо ёқа ушлайдиган даражада тез муддатда Аллоҳ хонумонингни мотамсарога айлантиради. Сен агар ҳасад ва қасд билан бировни бурчакка сурсанг, Худо сени қайтиб туролмайдиган қилиб ер билан битта қилади! Ўзи яратган неъматларига Аллоҳнинг Ўзи ҳимоячидир!
Ҳамма нарсани Яратгандан деб билган ва унга доимий шукронада бўлган одам йўқотган нарсаларига ҳам пушмон қилмайди. Наинки, Аллоҳнинг ҳамма иши яхшиликкадир. Яъни, бир нохушликдан кейин, албатта қўшалоқ қувончга муяссар этади. Ёки сени катта бир қайғудан асраш учун, кичикроқ ташвишга рўбарў қилади. Демак, бошингга тушган ёмон кунни ҳам Ҳақнинг марҳамати деб билиш ва шукр қилиш адолатдандир.
Ривоят қилишларича, бир одам ўғилларидан бирини олиб саёҳатга чиқибди. Қисматни қарангки, саёҳат пайтида ўғлини от тепиб ўлдирибди. Ўзининг эса оёғидаги қорасон касаллиги кучайиб, уни кестириб ташлашга мажбур бўлибди. Сафардан қайтиб, уйига кирар экан, аҳли аёлини тинчлантириб дебди: "Қўрқманглар ва мамнун бўлинглар: Аллоҳ менга тўрт фарзанд берган эди, биттасини олиб, учтасини қолдирди, шунисига шукр. Иккита оёқ берган эди, бирини қолдирди, бунга ҳам шукр. Бир марта дард тортдим, аммо танам узоқ вақт саломат юрадиган бўлди. Кўрдингизми, Аллоҳ мендан озгина нарсани олиб, кўпини қолдирди"- дебди минг ризолик билан. Ҳол сўраб келган, ўша давр илм аҳлидан бўлган бир киши унга янада аълороқ фикрни айтибди: «Эй Абу Абдуллоҳ, сиз хурсанд бўлинг. Чунки аъзоларингиздан ва болаларингиздан бири сиздан олдинроқ жаннатга кирди. Аллоҳ хоҳласа, бутун қисмга эргашгусидир. Аллоҳ таоло бизга сизнинг илмингизни қолдирди, биз шунга муҳтожмиз. Ҳисоб-китоб қилувчи Яратганнинг ўзидир».
Яна бир ҳадисдаги чиройли ҳикоят эсимга тушди: жангда асир олинганларнинг ичида бир ёш жувон атрофга безовта қарар, ҳадеганда ҳали у гўдакни, ҳали бу гўдакни бағрига олиб эмизар эди. Бунга разм солиб турган Расулуллоҳ с.а.в ёнидагиларга дедилар: «Анови аёл ўз боласини ўтга ташлай оладими?» Биз: «Йўқ, асло ташлай олмас»,-дедик. Шунда у киши: «Аллоҳ таоло ўз бандаларига боласига меҳрибончилик қилаётган манави аёлдан ҳам меҳрибонроқдир!»-дедилар. Шундай, биродар, Яратганнинг борлигига кунда минг бора шукр келтирайлик. Шукронаси бор одам бахтли одам, чунки Худо унга таҳлил қувватини берган ва у ўзининг ҳар қандай аҳволотидан ором, юпанч топа олади.
(c)Турсуной Содиқова

Шукр қилмоқ
Суқрот ҳаким дедилар: «Неъмат ва давлатингиз бор пайтда шукр бажо келтириб, бошингизга қийинчилик тушган вақтда сабрни ўзингизга йўлдош қилинг. Сабр ҳар бир енгилликнинг очқичи бўлиб, неъматга шукр қилиш давлат ва осойишталикнинг қўпайишига сабаб бўлади».
Saturday, 10 December 2011
O'kinch
Darvoza qiya ochiq edi. Ravondagi elektr nuri hovli sahnini g‘ira-shira yoritib turar, uylar qop-qorong‘i. Malik ichkariga kirishga shoshmadi. Osmonda miltilla-gan yulduzlarga tikilgancha og‘zidagi papirosni chuqur tortdi. Atrof jimjit. Hazonlarning shabadadan shitirlashi-yu chala berkitilgan vodoprovod jo‘mragidan oqayotgan suvning jildirashidan boshqa hech narsa eshitilmasdi. Hovli to‘ridagi kichkina uy derazasidan ozgina joyga yorug‘ tushib turardi. Malik ko‘zlarini pirpiratgancha, dam-badam o‘sha tomonga qarab qo‘yar, qariganida yolg‘iz qolgan onasining mungli ko‘zlariga qarashdan dili qiynalar, uning oldida ko‘pincha jim o‘tirishdan boshqa chorasi yo‘q edi. Qo‘shni hovlida kimdir eshikni taraqlatib yopdi. Tepasidagi olma shoxida musicha bir patirlab tindi. Malik bargi siyraklashib qolgan shoxda qorayib turgan inga qarab qo‘yib, vodoprovod oldiga bordi. Jildirab turgan suvda qo‘llarini yuvib, jo‘mrakni mahkamlab qo‘ydi. Suv ovozi tinib, atrofga badtar jimlik cho‘kdi. Malik ikkita barmog‘ini cho‘ntagiga suqib, ro‘molchasini olayotganida, bolaning kulganiga o‘xshagan ovoz eshitildi. U sergaklanib onasining uyi tomon qaradi. Keyin shoshib borib derazadan mo‘raladi. Polga keng qilib to‘shalgan o‘rinda sakkiz yoshlar chamasidagi bola tomog‘igacha ko‘rpaga burkanib yotar, baland yostiqqa bir tirsagi bilan suyanib yonboshlab yotgan kampir allanarsalarni gapirar, bo‘sh qo‘li bilan bolaning qop-qora sochlarini dam-badam silab qo‘yar edi.
Malik eshikni ochdi. Bola qaradi-yu, sakrab o‘rnidan turdi. Chopib kelib Malikning bo‘yniga osildi.
- Dada!
Malik uni quchoqlagancha ko‘zlarini yumib bir nafas turib qoldi. Keyin o‘g‘lining yalang‘och bilaklarini silab, yuzlaridan o‘pdi.
— Shamollaysan. Ko‘rpaga kira qol.
Bola ko‘rpaga o‘ralgach, dadasiga iljayib qarab qo‘ydi. Ularni jimgina kuzatib turgan onaning dili shu damda tilka-pora bo‘lgan, lekin u gapirolmas, gapirsa, o‘g‘lining shundoq ham achishib turgan yarasiga tuz sepishini bilardi.
— Muncha kech qolding?
— Qo‘yishmadi. Telefon qilgan edim.
Malik kechki payt xotiniga telefon qilib, dissertatsiya yoqlagan bir o‘rtog‘inikiga borishini aytgan edi. Hozir bo‘lsa, xotinini so‘ramadi. Chunki o‘g‘li kelgan kuni u albatta ketib qolardi. Malik o‘ziga tikilib yotgan o‘g‘liga qarab kulib qo‘ydi.
— Qachon kelding?
— Hali. Ayam buvingni ko‘rib kel, deb yubordi. Malikning yuragi allanechuk bo‘lib ketdi. Ha, buvisi uchun yuborgan. Dadangni ko‘rib kel, demagandir. Malik devorga tirab qo‘yilgan xontaxta yonidagi kichkina past stulchaga o‘tirdi. Xontaxta ustida novvot, mayiz bilan yangi yopilgan nonning shirin hidi dasturxonga o‘rog‘liq bo‘lsa ham gurkirab turardi. Ona buni darrov payqadi.
— Yegin. Yepgan nonni yaxshi ko‘rarding.
Malik sekingina xo‘rsinib qo‘ydi. Qaysi yuzi bilan u yopgan nonni yeydi.
— Buvi, undan keyin nima bo‘ldi?
— Bo‘ldi endi, uxla.
— Jon buvi, aytib bera qoling. Poshshoning xotini ketib qoldimi-a?
— Ha, poshshoning, menga tegmasang bu davlatlar qayoqda edi senga, degan gapi unga juda og‘ir botibdi. Bitta oyna bilan tarog‘ini cho‘ntagiga solibdi-yu, uyidan indamay chiqib ketibdi. Yo‘l yursa ham mo‘l yuribdi. Bir o‘tinchi uchrabdi...
Malikning yuragi qisildi. Havo yetishmayotgandek bo‘g‘ilib hovliga chikdi. U kichkinaligida onasidan bu ertakni eshitgan, ko‘p marta eshitgan edi. Lekin ma’nosiga endi tushunyapti. U uyiga ham kirgisi kelmas, shu ahvolda onasining qarshisida o‘tirishga ham bardosh berolmas edi. Bu ertakning davomini eshitishga unda yurak yo‘q. Qachonlardir, kimlardir to‘qigan bu ertak Malik bilan Muyassarning hayotlariga juda-juda o‘xshab ketardi. Poshshoning xotini uning gapini ko‘tarolmay, o‘tinchiga tegadi. Tejamliligi, aqli, halolligi bilan o‘tin-chini shunchalik boy qilib yuboradiki, poshshoning davlati o‘tinchining davlati oldida hech gap bo‘lmay qoladi.
Sodda, yuvosh Muyassarning yuragida qanchalar kuch borligini Malik keyinroq bildi. Xotiralar changalida Malikning yuragi faryod chekar, faqat uning ovozi hech kimga eshitilmas edi. U hovlida qancha yurganini bilmadi. Haligacha ochiq turgan darvozani berkitish uchun ko‘cha tomon yurdi. Darvozani berkitdi-yu, yana turib qoldi.
Muyassar har kuni shu ko‘chadan o‘tardi. Malik uning orqasida to‘lqin urgan sochlariga, kamzul siqib turgan xipcha beliga qarab qolardi. Muyassar atrofga qaramas, qora sumkasini ko‘targanicha yengil va sharpasiz qadamlar bilan bir zumda o‘tib ketardi. Uning boshida ko‘pincha shaftoli guli rangida ro‘moli bo‘lar, ro‘mol unga juda yarashar, yigitning suq nazarini sezganidanmi, yuzlari ham xuddi shu rangga o‘xshab ketardi. U vaqtlarda Malik student edi. O‘qishga ketayotganda ko‘pincha qizga to‘qnash kelar, keyincha uning o‘tadigan paytini poylab turar, u bilan izma-iz yo‘lga tushardi. Sekin-sekin ular salomlashadigan bo‘lishdi. Keyincha qizning to‘qimachilik kombinatida to‘quvchi ekanligini Malik bilib oldi. Uni bir ko‘rmasa, oromi buziladigan bo‘lib qoldi. Qiz nihoyatda kamgap, uyatchan edi. Malikni ko‘rganda, qizarib yerga qarar, doim ko‘zini olib qochardi. Ana shu ahvolda ikki yil o‘tdi. Malik institutning oxirgi kursiga ko‘chdi. Muyassar o‘n to‘qqiz yoshdan yigirmaga qadam qo‘ydi. Malikning gaplariga u uyalibgina javob berar, nuqul ayamlar biladilar deb, o‘zi uzil-kesil bir nima demasdi.
U paytlarda Malik onasi bilan o‘sha kichkina uychada yashar, hozirgi uylari o‘rnida omonatgina qurilib, bir amallab qora suvokdan chiqarilgan ikkita xona bo‘lib, hali u odam yashaydigan darajada emas edi. Uning g‘ishtlarini Malikning o‘zi quygan, tog‘asi ancha-muncha qarashib, shunchalik holga keltirishgandi. Opasidan xotirjam bo‘lish uchun tog‘a Malikni uylantirib qo‘yish harakatiga tushib qoldi. Onasi Muyassarlarnikiga sovchi bo‘lib bordi. Muyassarning dadasi o‘qituvchi ekan. Qiz ularning bosh bolalari bo‘lib, undan keyin ikki ukasi va ikki singlisi bor edi. Ularning biri student, qolganlari maktabda o‘qirdilar. Ular sovchilarni juda yaxshi kutib olishdi. Oradan uch-to‘rt kun o‘tgandan keyin Muyassarning dadasi undan-bundan surishtirdimi, rozilik berisha qoldi. Tog‘a zudlik bilan uylariga eshik, rom o‘rnattirib oqlatdi, elektr o‘tkaztirdi. Muyassarning ota-onasi kuyov tomonni nihoyatda ayashar, mumkin qadar kam xarj bilan bitkazishga, ularni qiynamaslikka harakat qilishardi.
Ikki tomon topgan-tutganini o‘rtaga tashlab, bir kunda to‘yni o‘tkazishdi.
Muyassar bilan birga bu jimjit hovliga fayz kirganday, hamma yoq yaraqlab, yorishib kettanday bo‘ldi. Tog‘a ham, kampir ham xursand. Malikning esa baxti yeru ko‘kka sig‘magunday edi. Muyassar ham baxtiyor edi. U tinib-tinchimas, hovliga gullar ekar, allanarsalar tikar, shu uy, shu hovlini ko‘rkamroq, chiroyliroq qilish uchun ovora edi. Ishdan qaytshda bozorga kirib, uni-buni.olib kelar, ro‘zg‘orini mumkin qadar but tutishga urinardi.
Malik o‘qishni tugatdi. U yaxshi o‘qirdi. Muyassar uni aspiranturada qolishga kistadi.
— Ishlamasam, sizga jabr bo‘lib ketadi. Ro‘zg‘orlik odamga stipendiya nima ham bo‘lardi, — dedi Malik.
— Bir amallarmiz. Ko‘p bo‘lmasa, ozroq yermiz. Keyin ishdan uzilib yana o‘qishga kirishingiz qiyin bo‘ladi, — dedi. Keyin kulib, qizarib qo‘shib qo‘ydi: — Hozir kam jon paytimizda o‘qib qolsangiz-chi.
Malik aspiranturada qoldi. Muyassar yetishmovchilikdan, kiyim-kechagidan hech kachon nolimadi. Moyanasidan jamg‘arib, erining dissertatsiya himoya qilishiga ni-yat qilib, ozroq pul ham yig‘ib qo‘ygan ekan. Ziyofatni ham chiroylikkina qilib o‘tkazishdi. Malik xotinidan minnatdor, xursand edi. Ishga tushishi bilan xotiniga yaxshi sovg‘alar olib kelishni xayol qilardi. Lekin Muyassar boshqa bir harakat boshladi:
— Uy oldiga yana bitta uy qo‘shsak, bu yog‘iga kichikroq ravon qilsak. Sekin-sekin, yig‘ib-terib. Hozir kuchimiz bor, yoshmiz. Ro‘zg‘orni bittamiz eplasak, bittamizning topganimiz bilan asta-sekin ko‘tarib olamiz.
Ana shunday qilib imoratga imorat qo‘shildi. Dam olish kunlari Muyassarning ukalari ham hasharga kelar, Muyassar tuproqqa belanib ular bilan teng ishlashardi. Uylari bitay deganda Maqsud tug‘ildi.
Malik o‘zi o‘qigan institutda dars berardi. Sochini baland qilib turmaklagan, eng so‘nggi modada kiyingan qizlar yonidan qarsillab o‘tib turar, uning lektsiyalariga mahliyo bo‘lib, termilib o‘tirishardi. U ba’zan ular bilan xotinini taqqoslaydigan, mehmon-izmonga uni olib yurishdan tortinadigan bo‘lib qoldi. Muyassar chiroylikkina kiyinib yursa ham modalarga parvo qilmas, tirnoq bo‘yamas, umuman, sartaroshxonaga kirgan emasdi.
Ko‘chadan guvillab mashina o‘tdi. Kechaning jimjitligida uning ovozi hamma yoqni larzaga solganday tuyulib ketdi. Malik sovuq yeganini, hamma yog‘i muzlab qol-ganini shundagina sezdi. Zinadan asta ravonga chiqib uyga kirdi. Elektrni buradi. Uy sovuq bir sukut bilan uning ko‘ksidan itarganday edi. Bufetni ochib, yarimla-gan konyakni piyolaga to‘ldirib quydi-da, tikka turganicha shimirdi. Hozirgina bag‘riga bosgan o‘g‘lining nafasi, bo‘ynidan quchoqlagan yumshoq jajji qo‘llari uning bir vaqtdagi tinch, osuda, baxtli damlarini eslatgan edi.
Lekin Malik o‘zining baxtiyorligini tezda unutdi. U sevgidan ajralib, shunchaki havas yo‘liga kirayotganini payqamay qoldi. Uyiga kelsa xotini uning hech qanaqa gaplariga tushunmaydigandek tuyular, gung bo‘lib olar, ovqat ustida ham, choy ustida ham gazeta o‘qib indamay o‘tirardi. Muyassar ham bezidi. Ko‘pincha qaynonasining yoniga borib o‘tiradigan bo‘ldi. Malik buni sezar, ba’zan unga rahmi ham kelar, institutda bo‘lgan biron voqeani gapirib beray deb turib, e, bu tushunarmidi, deb to‘xtab qolardi. Bir kuni u uyiga kayfiyati ancha baland keldi. O‘g‘liga allanarsa tikib o‘tirgan Muyassarga qarab:
— Meni kafedraga mudir qilishdi, — dedi. Muyassar xursand bo‘lganday jilmaydi. Lekin shu zahotiyoq Malik:
— Hech narsa tushunmading. Kafedrani bilarmiding sen? — dedi. Muyassarning yuzi bir nafasda boshqa tusga kirdi. Nina tutgan qo‘llari bo‘shashib titradi. Lekin eriga javob qaytarmadi. O‘zini xotirjam tutishga urindi. Shundan keyin u gapirsa ham, yumush qilsa ham, ovqat olib kelsa ham Malikning yuziga qaramadi.
Oradan uch-to‘rt kun o‘tdi. Malik ishdan kelsa, stol ustida xat yotibdi. Hech narsa o‘ylamay qo‘liga oldi.
«Ko‘ngilga darz tushsa qiyin bo‘lar ekan. O‘zingizga munosib odamni toparsiz». Xat Muyassarning qo‘li bilan yozilgan, lekin kimga va kimdanligi ham aytilmagan edi. Malik birdan qiziq ahvolga tushib qoldi. Axir nima qilsa ham o‘n yil birga yashadi. O‘g‘li-chi? O‘g‘li nima bo‘ladi?
— Oyi, — deb qichqirdi u ravondan turib, — keliningiz hech narsa demadimi?
Onasi biron ko‘ngilsizlikni fahmlaganday, tashvishli nazar bilan uning yoniga keldi.
— Nima qildi? Menga hech narsa demadi. Lekin nimagadir meni o‘pib quchoqlab, kechiring meni, deb chiqib ketdi. Hayron bo‘lib qoldim.
— Ketibdi, Butunlay.
— Nima?! — kampir shoshib uyga kirdi. — Qanaqasiga ketadi, hamma narsasi turibdi-ku!
Haqiqatdan uy boyagidek saranjom-sarishta, hamma narsa o‘rni-o‘rnida, hatto tuvakdagi gullarga suv ham quyilgandi. Malik shifonerni ochdi.
— Kiyimlari yo‘q. Maqsudniki ham.
— O‘zi boshqacha bo‘lib qoluvdi. Sen nodon xafa qilding shekilli. Men sezardim. Gap aylantirsam, indamasdi. Olim bo‘ldim, deb havolanib ketding, bolam. U juda mehnatkash juvon. Bunaqa odam o‘zini birovga xor qildirib qo‘ymaydi. Olim bo‘lsang ham shuni tushunmading. Meni ham g‘aflat bosibdi. O‘zlari til topib qolishar, deb o‘ylabman. Bor, o‘rnini sovutmay, darrov qaytarib kel.
Lekin Malik bormadi. Endi qizlar ichida bo‘ydoq va ozod yurish unga qanot bag‘ishlaganday, ruhini ko‘tarib yuborganday edi. O‘zi lektsiya o‘qirkan, ko‘zi qizlarni bir-bir kuzatib chiqar, o‘zining ulardan yoshi ancha kattaligini o‘ylab, dilida afsus chekardi. Oradan bir yilcha vaqt o‘tdi. Ona bechora gapirib charchadi. O‘g‘li indamay turib olgani uchun o‘zicha bir ish qilolmadi ham. Bu gaplardan xabar topgan tog‘asi ham jahl qilib ularnikiga kelmay qo‘ydi. Muyassardan esa darak bo‘lmadi. Bir kuni Malik uni uchratib qoldi. Qish, yaxshigina qor yoqqan edi. Tramvay bekatida Muyassar bo‘yi baland, oddiygina kiyingan bir odam bilan turardi. Muyassarning bir qo‘lida sumka, bir qo‘lida yangi supurgi. Yigit chana qo‘ltiqlab olgan, ikkinchi qo‘lida yana nimadir bor. Ular gaplashib turishardi. Aftidan, ikkalalari xursand edi. Muyassar tramvayda o‘tirgan Malikni ko‘rmadi. O‘shanda Malikning yuragi gursillab urib ketdi. Xotinining begona erkak bilan turganidan g‘ashi kelganday bo‘ldi. Lekin bu his bir nafasda o‘tib ketdi. Yana boyagidek sovuqqon bo‘ldi-qoldi.
Malik keyingi xotini Hamidaga uylangan kezlarida hali o‘zining yo‘qottan baxtini tasavvur qilolmas, bu xotini hammasining o‘rnini to‘ldiradigandek tuyulgan edi. Muyassarni sevib olganini unutgani kabi Hamidaga shunchaki havas uchun uylangani haqida ham o‘ylamasdi. Lekin bu haqiqatni anglash uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lmadi. Hamidaning har bir qilig‘i Muyassarni eslatar, Malik beixtiyor uni o‘ylab qolganini o‘zi sezmay qolardi.
Hamida ancha-muncha yuk bilan keldi. Devordagi gilamni yerga soldi. O‘zi olib kelganini devorga osdi. Bir kun Malik uyga kelsa, shifoner bilan bufet yo‘q. Xotini komission magazinga toshpirib yuboribdi. Eridan so‘ramabdi ham.
— Nega unday qildingiz? — dedi Malik.
— Eski ro‘zg‘oringizdan biron narsa qolishini istamayman. — Keyin kulib Malikka suykaldi. — Xafa bo‘ldingizmi? Xotiningizni ko‘rganday bo‘lib yuruvdingizmi? Ana, men olib kelganim bo‘ladi-da.
Chindan ham yarim yil o‘tar-o‘tmas avvalgi ro‘zg‘oridan hech narsa qolmadi.
Hamida qaynonasi bilan ishi yo‘q, yuvoshgina bu kampirning oldiga bir kosa ovqatni do‘qillatib qo‘yib kelish bilan butun vazifasini bajarganday bo‘lardi. Ammo, o‘z ota-onasini tez-tez yo‘qlab turar, eriga buyurib, ular uchun har narsalar oldirib kelardi. Bir kuni ishga ketayottan Malikning qo‘liga ikkita xalta tutqaz-di.
— Yaxshi go‘sht olib keling. Magazindan emas, qo‘lda so‘yilganidan oling. Biznikilar magazin go‘shtini yeyishmaydi. Somsa qilaman. Ukamning tug‘ilgan kuni. Kechqurun borib kelamiz.
Hushi uchgan Malik ishxonasiga yetguncha o‘ziga kelmadi. Muyassar o‘z urug‘lari uchun Malikdan hech qachon hech narsa talab qilmas, umuman, bu haqda gapirmas edi. Bir kuni dadasi kasal yotganda Malik uni ko‘rib kelmoqchi bo‘ldi. Erining shundoq chiqib ketganini ko‘rgan Mo‘yassar uni to‘xtatdi. O‘zi magazinga chiqib bir shoda teshik kulcha olib keldi. Uni Malikka tutqazar ekan, g‘alati kulib:
— Bir so‘mga oldim. Quruq borgandan ko‘ra... — dedi.
Malik indamay oldi-da, salanglatib ko‘tarib chiqib ketdi. Kechqurun bitta tog‘orada osh ko‘tarib qaytib keldi. Endi bularning hammasini bir-bir eslarkan, yuragi andisha o‘tida qovrilar, hijolatdan yuzi yonardi. Hamidaning ukasi uylanganida esa, Malik bilan Muyassar olgan gilamni sovg‘aga olib borishdi.
— Katta institutning domlasisiz. Men opa, siz pochcha. Durustroq narsa qilmasak uyat bo‘ladi. O‘zimning gilamimni olib boray desam, tanishadi, olishmaydi. Shuni olib bora qolaylik. Keyin yaxshisini olarmiz, — dedi. Hullasi, uni eriga ko‘tartirib tantana bilan to‘yxonaga kirib bordi. O‘shanda ham Malik Muyassarni eslagan edi. Qiziq, Muyassarning ham ukasi uylangan, singlisi uzatilgan edi. Hech narsa qilishmagandi. Faqat bir martagina Muyassar tortinibgina:
— Moyanamdan ozrog‘ini ishlatdim, — degani esida. Uning ota-onalari ham hech qachon Malikning qo‘liga qaramas, muomalalari hamisha bir xil edi.
Hamida qiz tug‘di. Kampir bo‘lsa Maqsudni sog‘inib dam-badam ko‘z yoshi qilib olardi. Malik odam yuborib, o‘g‘lini oldirib keldi. O‘sha kuni uyida qiyomat bo‘ldi. Hamida arazlab onasinikiga ketib qoddi. Shu-shu qachon Maqsud kelsa, u chiqib ketardi. Mana bugun ham ketib qolibdi. Shu murg‘ak go‘dakda nima gunoh? Hamma narsaga aqli yetgandan keyin o‘ziyoq otasini eslamay ko‘ysa kerak. Malikning yuragini g‘ijimlagan dard sira bo‘shashmas, xotiralar changalida battar qisilardi. U Muyassarni yana bir marta ko‘rdi. O‘sha kishi bilan magazin yonida mashinaga shifoner yuklashayottanda ko‘rdi. Nazarida Muyassar yasharib kettanday edi.
Malik onasining uyini taraqlatib ochib kirganda kampir qo‘rqib ketdi.
— Nima bo‘ldi? Nima qilib yuribsan shu mahadda?
— Maqsudni bering, bering, men bilan yotsin. Malik onasining javobini kutmasdanoq o‘g‘liga yopishdi. Uni mahkam quchoqlab, choponining bariga o‘rab ko‘targanicha olib chiqib ketdi.
— Shamollatasan, o‘ra ustini! — kampir depsalanib o‘g‘lining ketidan chiqdi.
Hovli oydin edi. Yo‘l ustida oppoq bo‘lib allanarsalar sochilib yotardi. Kampir hayron bo‘ldi. Ko‘zlarini qisib tikildi. Keyin cho‘nqayib qo‘llari bilan paypasladi. Chekib tashlangan papiros qoldiqlari ekanini bilib, sekin o‘rnidan turdi-da, o‘g‘lining uyi tomonga asta qarab qoldi. Keyin xo‘rsinganicha boshini egib, orqasiga qaytdi.
(c)Saida Zunnunova
(c)Saida Zunnunova
Labels:
o'kinch,
saida zunnunova
Location:
Tashkent, Uzbekistan
Subscribe to:
Posts (Atom)